O‘simlikshunoslik
JIZZAX ORGANIC’DAN EKOLOGIK TOZA YEM
Jizzaxning qurg‘oqchil iqlimida ham yuqori hosildorlikka erishish mumkinligini amalda isbotlaymiz
KATTA MAYDONLAR
10 ming gektardan oshiq ekin maydonlari bilan ishlaymiz
ELITA URUG‘LAR
Ozuqabop o‘simliklar yetishtirish uchun eng yaxshi ekin va nav xususiyatlariga ega urug‘larni ishlab chiqaramiz va sotamiz
EKOLOGIK TOZALIK
Yer bonitetini tiklaymiz va tuproqqa minimal ta’sir o‘tkazamiz
MOSLASHUVCHAN SHARTLAR
Yem sotib olish uchun manfaatli shartlar taklif etamiz
SHAXSIY YEM BAZAMIZNI YARATAMIZ
Chorvani balanslangan yem bilan ta’minlash va tashqi ta’minotchilarga qaram bo‘lmaslik uchun biz shaxsiy yem bazamizni yaratdik. Maxsus ajratilgan maydonlarda bug‘doy, arpa, makkajo‘xori, beda, kungaboqar, raps va yaylov o‘tlarini yetishtiradi. Ikki marta almashlab ekishni qo‘llaymiz. 2022-yilda Jizzax Organic fermerlar va chorvachilik xo‘jaliklariga ozuqa sotishni boshlaydi.
YERLARNI EKINDORLIKKA QAYTARAMIZ
Jizzax viloyati yerlari – sho‘rlangan, qaqroq, hosildor qatlami buzilgan. Jizzax Organic 2019-yildan beri shu yerlarni qayta tiklash uchun kurashmoqda. Yaylov va ozuqabop o‘simliklar yetishtirish uchun ajratilgan maydonlarning 60% qismi avvaliga qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanishga mos emas edi. Agronomlarimiz jahon texnologiyalari va yerga o‘zbekona ishlov berish an’analariga amal qilgan holda yer hosildorligini tiklashmoqda. Jizzax Organic tuproqni tabiiy o‘g‘itlar bilan oziqlantiradi va, boshoqli va dukkakli o‘simliklarni galma-gal ekkan holda, ikki marta almashlab ekish usulini qo‘llaydi.
2021 YILDA
BIZ BO‘Z YERLARGA ISHLOV BERIB, EKIN EKISHGA QAYTDIK
3000
SUVNI TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANAMIZ

O‘zbekistonda suv — qimmatli resurs bo‘lib, uning tanqisligi hosil barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Suv hammaga yetishi uchun undan tejamkorona va omilkor foydalanish tamoyillariga amal qilish lozim.

Jizzax Organic milliy klasteri suvni tejovchi zamonaviy texnologiyalardan faol foydalanmoqda.

Biz:

  • 1000 ga maydonga amerikaning Valley yomg‘ir qurilmalarini o‘rnatdik va yana 3000 gektarga o‘rnatyapmiz;
  • polimer tarmoqlar yordamida suv nobudgarchiligini qisqartiryapmiz;
  • 6 ta nasos stansiyalari qurdik;
  • tomchilab sug‘orishni rivojlantiryapmiz.
TUPROQ BONITETINI TIKLAYAPMIZ

Yuqori hosildorlik ko‘rsatkichlariga erishish tuproq holatiga bog‘liq. Avvalgi egalarining yerga bo‘lgan johilona munosabati asoratlarini tuzatish uchun Jizzax Organic agronomlari ko‘p ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi. Nurash, arzon o‘g‘itlar ko‘p solinganligi va ariqdan sug‘orish natijasida dalalar oriqlab ketgan edi.

Biz:

  • tabiiy o‘g‘itlar — go‘ng va qush axlati yordamida yer unumdorligini tikladik;
  • siderat-o‘simliklar kuchi bilan tuproq tuzini «sug‘urib oldik»;
  • buzilgan va ifloslangan drenaj va kollektor tizimlarini tikladik;
  • unumdor qatlamni shamoldan himoya qilish uchun daraxtlar ekdik.
ILG‘OR MAXSUS TEXNIKANI QO‘LLAYMIZ

Bugunga kelib Jizzax Organic avtoparki CLAAS, Amazonen-Werke, Lemken GmbH&Co kabi ilg‘or nemis ishlab chiqaruvchilarining 500 dan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikalariga ega.

Klaster qo‘llaydigan qishloq xo‘jalik texnikasi:

  • yig‘in paytida hosil yo‘qotilishini minimallashtiradi;
  • tuproqni haddan ortiq zichlanish va changga aylanishdan himoya qiladi;
  • o‘g‘itni nuqtali solish imkonini beradi;
  • bir o‘tishda bir nechta ishni bajara olishi va chuqur ishlov bermaslik hisobiga tuproqqa ta’sir o‘tishini kamaytiradi;
  • yoqilg‘ini tejaydi;
  • atmosferaga karbonat angidrid gazi ajralishini kamaytiradi.

Maxsus texnika ko‘pligi tufayli biz hosilni yetilgan paytida yig‘ib olishga ulguramiz, shu yo‘l bilan ozuqaviy qiymati maksimal darajadagi yemga ega bo‘lamiz

SHAXSIY YEM ISHLAB CHIQARISHNI YO‘LGA QO‘YDIK

Biz O‘zbekistonda birinchi bo‘lib yem tayyorlash bo‘yicha yuqori texnologiyali sexlarni ishga tushirdik:

  • buzoqlar uchun ekstruziya;
  • don-bug‘ tegirmoni;
  • sut beruvchi chorva uchun gidroponika.
YEMGA ISHLOV BERISH UNING TA’MI
VA CHORVA HAZM QILA OLISHINI
2
BARAVARDAN KO‘PROQQA OSHIRADI YEM TAYYORLASH
YEM TAYYORLASH SEXLARI
Barcha zarur mikroelementlarga ega balanslangan yem ishlab chiqaramiz
EKSTRUZIYA

Bu donga ishlov berish usuli bo‘lib, bunda xomashyo yuqori harorat va bosim ostida maydalanadi, keyin esa past bosim ta’siri o‘tkaziladi.

Bunday tafovut natijasida «portlash» sodir bo‘ladi — xomashyo hajmi oshadi va g‘ovakli tuzilish hosil bo‘ladi.

Yemning hazm bo‘lishi dastlabki 30-40% ga nisbatan 95% gacha oshadi.

DON-BUG‘ TEGIRMONI

Bu donni bug‘ yordamida ezg‘ilash va ishlov berish qurilmasi.

Ushbu texnologiya chorva hazm qilishi qiyin bo‘lgan kraxmalning o‘zlashtirilishini oshiradi.

Sarf-xarajat va unumdorlik nuqtai nazaridan don-bug‘ tegirmoni yem tayyorlash uchun eng samarali yechim hisoblanadi.

GIDROPONIKA

Bu o‘simliklarni ozuqaviy eritmada (tuproqsiz) o‘stirish usuli.

Bunday usulda olingan o‘t-o‘lan va boshoqlilarni Jizzax Organic sut beruvchi sigirlar ratsioni uchun ishlatadi.

Gidropon yemi bilan oziqlantirish odatdagi mineral va vitamin qo‘shimchalarsiz boqish, shuningdek, boshqa qo‘shimcha ozuqadan voz kechish imkonini beradi.

YEM LABORATORIYASI

Biz chorvamiz ratsioni balanslanganligiga katta e’tibor qaratamiz va shu maqsadda maxsus laboratoriya yaratdik.

Uning xodimlari yemdagi foydali moddalar jamlanmasini tahlil qilishadi va olingan ma’lumotlar asosida individual ratsion yaratishadi.

Agar qonning biokimyoviy tahlili jonivor organizmida mikroelementlar tanqisligini ko‘rsatsa, u holda oziqlantirish dasturiga o‘zgartirishlar kiritiladi.

BIZNING HAMKORIMIZ
BO‘LING
Biz chorvani ko‘paytirish va go‘sht sotish sohasida shaffof shakldagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni taklif etamiz.
BATAFSIL
BIZ BILAN BOG‘LANISH

Jizzax Organic yoki mahsulotlarimiz haqida savollaringiz qoldimi?

Milliy klaster hamkori bo‘lishni xohlaysizmi?

Telefon raqamingizni qoldiring va menejerlarimiz siz bilan bog‘lanishadi!

Tugmani bosish orqali men shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlashga va saytdan foydalanish shartlariga rozilik bildiraman