QO‘YCHILIK
CHORVACHILIK FLAGMANI JIZZAX ORGANIC'DAN GO‘SHT BERUVCHI QO‘Y ZOTLARI
Biz O‘zbekistonda Dorper zotli qo‘ylarning naslchilik o‘zagini yaratyapmiz, mahalliy chorva genofondini yaxshilayapmiz va bozorga o‘zkir hidsiz qo‘y go‘shtini chiqaryapmiz.
AVSTRALIYADAN KELTIRILGAN SOVLIQ VA QO‘YLAR
Go‘sht beruvchi Dorper zotli qo‘ylarni ko‘paytiramiz
EKOLGIK TOZALIK VA XAVFSIZLIK
Antibiotik va o‘stiruvchi gormonlarni qo‘llamaymiz
NASLCHILIK ISHI
Mahalliy chorva genofondini yaxshilaymiz
QAT'IY SIFAT NAZORATI
To‘liq siklni nazorat qilamiz: yem ishlab chiqarishdan chakana savdogacha
PARHEZ QO‘ZI GO‘SHTI
Dorper zotli qo‘ylarning go‘shti o‘tkir hidi tufayli qo‘y go‘shtini yoqtirmaydiganlarga ham xush keladi — chunki bunday hidning o‘zi yo‘q. Qo‘zi go‘shti yumshoq tuzilishi, yorqin ta'mi va et orasida bir tekisda yoyilgan ingichka yog‘ qatlami bilan ajralib turadi. Butun dunyodagi sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari xolesterin miqdori kamroq bo‘lgani uchun dorperlar go‘shtini qadrlashadi.
BIZ O‘Z MAHSULOTIMIZ HAQIDA FAXRLANIB GAPIRAMIZ
Made in Uzbekistan
NASLCHILIK ISHI
Jizzax Organic klasteri qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda dorperlarning naslchilik o‘zagini yaratdi. Ushbu jonivorlarning qimmatli genofondi mahalliy qo‘ylarning genofondini yaxshilashga va O‘zbekistonda zotdor podalarni ko‘paytirishga yordam beradi. Dorperlar klaster zootexniklari va veterinarlarining muntazam nazorati ostida. Hozir Jizzax Organic o‘z podasi sonini oshirishda davom etmoqda: ushbu zot sovliqlari 40% hollarda ikkinchi bolalashda ikkitadan qo‘zilashi tufayli jarayon tez sur'atlarda kechyapti.
BIZNING HAMKORIMIZ
BO‘LING
Biz chorvani ko‘paytirish va go‘sht sotish sohasida shaffof shakldagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni taklif etamiz.
BATAFSIL
BIZ BILAN BOG‘LANISH

Jizzax Organic yoki mahsulotlarimiz haqida savollaringiz qoldimi?

Milliy klaster hamkori bo‘lishni xohlaysizmi?

Telefon raqamingizni qoldiring va menejerlarimiz siz bilan bog‘lanishadi!

Tugmani bosish orqali men shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlashga va saytdan foydalanish shartlariga rozilik bildiraman