SELEKSION-
GENETIK MARKAZ
JIZZAX ORGANIC
Eng yaxshi go‘sht va sut beruvchi zotlar asosida O‘zbekiston sharoitiga moslashgan YSHQ chiqaramiz
JIZZAX ORGANIC SELEKSION-GENETIK MARKAZI O‘ZBEKISTON CHORVACHILARINI SIFATLI GENETIK MATERIAL BILAN TA'MINLAYDI, YAQIN QARINDOSHLARNI CHATISHTIRISHNI VA IRSIY KASALLIKLAR RIVOJLANISHINI KAMAYTIRADI
RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI MASALALARNI HAL QILAMIZ

Jizzax Organic seleksion-genetik markazi:

  • O‘zbekistondagi YSHQ unumdorligi va go‘sht sifatini oshiradi;
  • import chorvaga iqlim va boqish sharoitlari o‘zgarishiga moslashishda yordam beradi;
  • tabiiy va sun'iy urug‘lantirishni nazorat qiladi;
  • zootexnik zotdor chorva hisobini yuritadi;
  • YSHQlarning veterinariya sharoitlari to‘liqligini nazorat qiladi.
MAHALLIY JONIVORLAR GENETIKASINI YAXSHILASH USTIDA ISHLAYAPMIZ

2022-yilda Jizzax Organic embrional laboratoriyani ishga tushiradi. Bu talaygina imkoniyatlar yaratadi:

  • yiliga har bir buqadan 50 tagacha nasl olish. Biz mamlakatning zotdor YSHQ importiga tobeligini kamaytiramiz;
  • ma'lum jins va zotli nasl olish;
  • xohlagan xususiyatlarga ega chorva chiqarish.
VETERINARIYA SOHASINI RIVOJLANTIRYAPMIZ

2019-yilda biz o‘z veterinariya xizmatimizni shakllantirdik.

Jizzax Organic mutaxassislari uzoqni ko‘zlab ishlashadi: biz chorvani davolashni emas, balki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklarning oldini olishdashni afzal ko‘ramiz.

Buning uchun klasterimiz dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining 40 dan ortiq eng samarali preparatlarini import qildi va davlat organlarida sertfikatlashdan o‘tkazdi.

Endi ushbu so‘nggi avlod preparatlaridan butun O‘zbekiston chorvadorlari foydalanishlari mumkin.

BIZNING HAMKORIMIZ
BO‘LING
Biz chorvani ko‘paytirish va go‘sht sotish sohasida shaffof shakldagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni taklif etamiz.
BATAFSIL
BIZ BILAN BOG‘LANISH

Jizzax Organic yoki mahsulotlarimiz haqida savollaringiz qoldimi?

Milliy klaster hamkori bo‘lishni xohlaysizmi?

Telefon raqamingizni qoldiring va menejerlarimiz siz bilan bog‘lanishadi!

Tugmani bosish orqali men shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlashga va saytdan foydalanish shartlariga rozilik bildiraman