GO‘SHT
ISHLAB CHIQARISH
JIZZAX ORGANIC ISHLAB CHIQARGAN GO‘SHT — SIZ ISHONADIGAN SIFAT
Biz jahon standartlariga to‘liq javob beradigan ekologik toza go‘sht ishlab chiqaramiz. Jizzax Organic steyklari hatto yengil qovurib olinganda ham hech qanday xavf tug‘dirmaydi, qo‘y go‘shti esa yoqimsiz o‘tkir xiddan xoli.
TO‘LIQ ISHLAB CHIQARISH SIKLI
Biznes-jarayonlarni dondan steykkacha nazorat qilamiz
EKOLOGIK TOZALIK VA XAVFSIZLIK
Chorva o‘stirishda antibiotiklar va o‘stiruvchi gormonlar qo‘llanmaydi.
MANFAATLI HAMKORLIK
Hamkorlarimiz katta foyda olishlaridan manfaatdormiz
SHAXSIY YEM BAZASI
Ekoyem ishlab chiqaramiz va uning sifatiga ishonchimiz komil
BIZ SIZNING OZUQAVIY XAVFSIZLIGINGIZ HAQIDA QAYG‘URAMIZ!

Jizzax Organic milliy klasteri o‘z mahsulotlari sifatiga o‘ta talabchan munosabatda. Oddiy xalq past navli go‘sht salomatlik uchun qanchalik xavf tug‘dirishini anglamasligi mumkin. Ammo biz o‘z ishining ustalari — buni bilamiz.

Jizzax Organic mutaxassislari ishlab chiqarish va sotishning har bir bosqichi: yem ekinlarini yetishtirishdan tortib, tayyor mahsulotlarining do‘kon peshtaxtalarida saqlanishigacha sidqidildan va vijdonan nazorat qilishadi.

Bu go‘shtni bolalarimiz, ota-onalarimiz va sevgan insonlarimiz yeyishadi, shuning uchun ham sifat borasida Jizzax Organic uchun murosa yo‘q.

BIZ MAHSULOTIMIZ HAQIDA FAXRLANIB GAPIRAMIZ
Made in Uzbekistan
ENG YAXSHI GO‘SHT BERUVCHI ZOTLAR
Aberdin-angus va gereford zotli buqachalarni O‘zbekistonga sanoat ko‘lamida birinchi bo‘lib biz olib kirdik. Bu zotlar go‘shtiga xos ingichka tolalilik, sershiralik va «marmarlik» butun dunyoda yuqori mezon hisoblanadi.
TO‘LIQ SIKL: DALADAN PESHTAXTAGACHA
Jizzax Organic biznes-jarayonlarida mahsulot narxi yoki sifatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan yot tashkilotlar yo‘q. Biz to‘liq ishlab chiqarish siklini yaratdik va har bir bosqichni: yem ekinlarini yetishtirishdan savdo nuqtalarida go‘shtni sotishgacha nazorat qilamiz. Вularning barchasi iste'molchi hamyonbop narxda sifatli premial mahsulot olishi uchun qilinadi.
FAQAT SIFATLI GO‘SHT
Bizning chorva barra yaylovlarda erkin o‘tlashadi, klaster dalalarida yetishtirilgan don yeyishadi, 400 metrdan ziyod chuqurlikdan olinadigan toza artezian suv ichishadi. Stressning yo‘qligi, qat'iy veterinar nazorat, oziqlantirishning ilg‘or texnologiyalari va zotning genetik xususiyatlari O‘zbekiston bozorini mayin-yong‘oq ta'mli sifatli go‘sht bilan ta'minlash imkonini beradi. Biz chorvani antibiotik va o‘stiruvchi gormonlarni qo‘llamagan holda yetishtiramiz va shu yo‘l bilan mahsulotlarimizning mutlaq xavfsizligini ta'minlaymiz.
OZIQLANTIRISHGA ILMIY YONDASHISH
Jizzax Organic go‘shtining unutilmas ta'mi va hidi YSHQ uchun to‘g‘ri tanlangan, balanslangan ratsion tufayli shakllanadi. Mutaxassislarimiz jonivorlarning yoshi, ahvoli va mavsumga bog‘liq bo‘lgan 50 dan ortiq oziqlantirish dasturlarini ishlab chiqishgan. Jizzax Organic podasi ozuqasining asosini don ekinlari va yaylov o‘tlari tashkil etadi. Yemni to‘g‘ri saqlash uchun klasterda zamonaviy silos o‘ralari, pichanxona, yem sexi va don ombori mavjud.
TO‘G‘RI TASHISH
Jizzax Organic mahsulotlari do‘kon peshtaxtalariga yangi va iste'molchi salomatligi uchun xavfsiz holda yetib borishi uchun biz ko‘p kuch va mablag‘ sarflaymiz. Refrijeratorli mashinalar kuchli jaziramada ham go‘shtning dastlabki sifatini saqlab qolish imkonini beradi.
MAHSULOT BO‘LAKLARGA BO‘LINIB,
SAVDO NUQTASIGA YETKAZISHGACHA
KETADIGAN VAQT
ILK BORA MARMAR GO‘SHT
Made in
Uzbekistan
ZOTDOR ANGUS VA GEREFORD BUQACHALARI
Marmar mol go‘shti faqat go‘sht beradigan zot buqachalaridan olinadi. Go‘shtning lahm qismini marmar naqshi shaklida bezovchi ingichka yog‘ qatlamlarini shakllantirish xususiyati genetik darajada belgilab qo‘yilgan. Go‘sht qovurilganda yoki toblab pishirilganda yog‘ erib, go‘shtga singib ketadi va taomga betakror shiradorlik, ta'm va ifor bag‘ishlaydi. Oddiy go‘sht bo‘lagi ishlatilganda bunday natijaga erishib bo‘lmaydi!
200 KUN DON BILAN OZIQLANTIRISH
Don bilan oziqlantirish texnologiyaga qat'iy rioya qilish bilan bir qatorda marmarlik shakllanishi omili hisoblanadi. Jizzax Organic sa'y-harakatlari bilan O‘zbekistonning yanada ko‘proq aholisi betakror ta'mga ega benihoya shirador premial mol go‘shtiga baho berish imkoniga ega bo‘ladilar. Agar oldin marmar go‘sht bizga Qozog‘iston, AQSH va Avstraliyadan olib kelingan bo‘lsa, endi bizda xorijiy analoglaridan qolishmaydigan made in Uzbekistan mahsulot bor. Jizzax Organic mol go‘shti — yuqori marmarlikka ega hamyonbop narxdagi yangi go‘sht demakdir.
ZAMONAVIY NAM YETILTIRISH TEXNOLOGIYASI
Jizzax Organic o‘z mahsuloti ideal xususiyatlariga ega bo‘lishiga erishishga intiladi. Mushak tolalari yumshashi va go‘sht ta'mi yanada mayinroq bo‘lishi uchun biz mol go‘shtini vakuum paketlarda saqlaymiz. Yetilish jarayoni 0 dan +2℃ gacha haroratda 7 kundan 30 kungacha davom etadi. Kislorod yo‘qligi go‘sht dastlabki namlik darajasini saqlab qolishiga imkon beradi, natijada undan tayyorlangan taomlar o‘zgacha shirali bo‘ladi.
MARMARLIK DARAJASI QANDAY ANIQLANADI
Mushak tolalarida yog‘ qatlami qanchalik ko‘p bo‘lsa, go‘shtning marmarlik darajasi shunchalik yuqori. Jizzax Organic go‘shtining marmarlik darajasini maxsus dastur 12-13 orqa qovurg‘a sohasidagi mushaklarni tahlil qilish orqali aniqlaydi.
Prime
ENG YUQORI MARMARLIK DARAJASI
Bunday go‘sht bo‘laklari va steyklar gril yoki tovada va toblab pishirilganda betakror chiqadi.
CHOICE
YAXSHI MARMARLIK DARAJASI
Go‘sht bo‘laklari va steyklar qovurish, toblash va dimlashda beqiyos ta'm hosil qiladi.
Select
PASTROQ MARMARLIK DARAJASI
Go‘sht grilda tayyorlash va dimlash uchun juda mos.
BIZNING HAMKORIMIZ
BO‘LING
Biz chorvani ko‘paytirish va go‘sht sotish sohasida shaffof shakldagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni taklif etamiz.
BATAFSIL
BIZ BILAN BOG‘LANISH

Jizzax Organic yoki mahsulotlarimiz haqida savollaringiz qoldimi?

Milliy klaster hamkori bo‘lishni xohlaysizmi?

Telefon raqamingizni qoldiring va menejerlarimiz siz bilan bog‘lanishadi!

Tugmani bosish orqali men shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlashga va saytdan foydalanish shartlariga rozilik bildiraman