Dorper — JARda yaratilgan yungsiz goʻsht beruvchi qoʻy zoti. Bu jonivorlar injiq emas, 400 dan ortiq turdagi o‘simliklarni iste'mol qiladi, issiq iqlimga bemalol toqat qiladi va 2 kungacha suvsiz qolishga chidamli. O‘rtacha tug‘ilish 160% ni tashkil qiladi.
Qo‘chqorlar 5 oyligida balog‘atga yetadi va yil davomida urug‘lantirishga tayyor. Katta qo‘y taxminan 65 kg, qo‘chqor — 100-140 kg tosh bosadi. Yangi tug‘ilgan qo‘zilar ham mustahkam salomatligi bilan ajralib turadi va sutkasiga 250-300 gr vazn orttiradi.
Dorperlar yungini olish va tarashlashga muhtoj emas, ularning o‘zi tullaydi.
Biz O‘zbekistonga import qilgan Dorperlarning vatani JAR emas, balki Avstraliyadir.
Biz Janubiy Afrikada fasllar o‘zgarmasligi va buning natijasida jonivorlarning mahalliy keskin kontinental iqlimga moslashishda qiyinchilik yuzaga kelishi mumkinligi sababli shunday qarorga keldik. Ushbu qo‘y va qo‘chqorlarning bir necha avlodlari Avstraliyada yashagan, natijada shamol, issiqlik va harorat o‘zgarishiga o‘rganib ketgan.
O‘tkir hiddan xoli parhez qo‘zi go‘shti 2022 yilda O‘zbekistondagi chakana savdo nuqtalariga chiqariladi.
Biz O‘zbekiston bozorida o‘tkir hidi bo‘lmagan yumshoq, parhez qo‘zi go‘shti paydo bo‘lishini istaymiz va buning uchun fermer va xo‘jaliklarga Dorper qo‘ylarini sotamiz.
Bu jonivorlar misli ko‘rilmagan go‘sht berish xususiyatlari, kuchli immuniteti, erta yetilishi bilan ajralib turadi va O‘zbekiston iqlimiga moslashib ham bo‘lgan.
Agar siz qo‘ychilik fermasini yaratishga qaror qilgan bo‘lsangiz, Jizzax Organic'ning tajribali jamoasiga murojaat eting! Mutaxassislarimiz mintaqangiz iqlimi va relyefini hisobga olgan holda yaylovlar tashkil qilish va qo‘y boqish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Shuningdek, biz balanslangan ratsion tuzib, Dorperlarni kerakli ozuqa bilan ta'minlaymiz ham.
Jizzax Organic yoki mahsulotlarimiz haqida savollaringiz qoldimi?
Milliy klaster hamkori bo‘lishni xohlaysizmi?
Telefon raqamingizni qoldiring va menejerlarimiz siz bilan bog‘lanishadi!