JIZZAX ORGANIC МISSIYASI

Biz O‘zbekiston chorvachiligini sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqyapmiz. Jizzax Organic faoliyati natijasida genetikasi degradatsiyaga uchragan mayda, tez-tez kasal bo‘ladigan jonivorlar o‘rniga Yevropa, AQSH, Rossiya va Avstraliyadan olib kelingan zotdor buqachalar, sigirlar, sovliq va qo‘ylar keladi.

Milliy klasterning izchil, puxta o‘ylab yaratilgan strategiyasi O‘zbekiston aholisi mazali, sog‘liq uchun foydali go‘sht va mahsulotlarini muntazam iste'mol qilishiga olib keladi.

Jizzax
Organic
O‘ZBEKISTON CHORVACHILIGINI
QANDAY RIVOJLANTIRYAPTI
BUTUN
DUNYODAN ENG YAXSHI
GENETIKANI SARALAB OLYAPMIZ

Biz bugun O‘zbekistonga import qilayotgan jonivorlar buqachalar va sovliqlar bo‘lajak avlodining asosiga aylanadi. Jizzax Organic butun dunyo bo‘ylab chorvani saralab oladi, bunda mustahkam immunitet va yuqori unumdorlikka ega zotlar afzal deb bilinadi.

INNOVATSIYALARGA SARMOYA KIRITAMIZ

Qishloq xo‘jaligiga innovatsion yechimlar joriy etgan holda Jizzax Organic barcha biznes-jarayonlar samaradorligi va serdaromadligini oshirishga erishmoqda. Biz jonivorlarga eng yaxshi teri osti chiplari bilan chinoq solamiz, jarayonlarni yo‘ldosh monitoringi va dronlar yordamida kuzatamiz, hisobga olish tizimlarini avtomatlashtiramiz, Yevropa va AQSHdan olib kelingan zamonaviy uskuna va texnikalardan foydalanamiz.

2023 YILGA BORIB O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA KIRITILADIGAN SARMOYA
$200,000,000
XORIJDAN MUTAXASSISLAR JALB ETAMIZ VA MAHALLIY KADRLARNI YETISHTIRAMIZ

Bugun O‘zbekiston kuchli chorvachilik sohasini shakllantirish yo‘lidagi ilk qadamlarini qo‘ymoqda. Yurtimizda tajribali zootexnik, veterinar, agronomlarning tanqisligi sezilmoqda.

Biz:

  • butun dunyodan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etamiz.
  • yurtimizning o‘zidan bilimli xodimlarni izlaymiz.
  • butun O‘zbekiston chorvachilari va agrarlari bilan bilimlarimizni bo‘lishamiz.
BUGUNGI KUNDA JAMOAMIZDA ISHLAYOTGAN
800
YANA
2000+
XODIMLAR YONDOSH
SOHALARDA ISH BILAN BAND
DAVLAT TUZILMALARI BILAN HAMKORLIKDA FERMERLAR BILIMLARINI OSHIRYAPMIZ

O‘zbekiston bozorini sifatli va xavfsiz go‘sht-sut mahsulotlari bilan boyitishga kichik xo‘jaliklar bilan ishlash yo‘li bilan erishiladi. Uzoq yillar davomida fermerlarda yuqori unumdorlikka ega zotdor chorva ko‘paytirish imkoni bo‘lmagan.

Tadbirkorlarni rag‘batlantirish uchun Jizzax Organic milliy klasteri va O‘zbekiston davlat veterinariya qo‘mitasi butun respublika bo‘ylab o‘quv seminarlar o‘tkazishmoqda.

Tashkilotchilar:

  • chorva sotib olish va boqish masalalarida fermerlarga konsultatsiyalar berishmoqda.
  • davlat imtiyozlari va subsidiyalar haqida ma'lumot berishmoqda.

Respublikada yuqori zotdor chorvaning ko‘payishi xalqni sifatli mahsulot bilan ta'minlaydi va mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini oshiradi.

Jizzax Organic tashabbuslari davlat ko‘magiga ega

Jizzax Organic tarixi
2019 YIL IYUL OYIDA HUKUMAT QARORI BILAN KLASTER YARATILGAN

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov «Jizzax viloyatida go‘sht-sut mahsulotlari agrosanoat klasterini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 619-son PKM qarorini imzoladi.

Shunday qilib, «Jizzax Organic» milliy qishloq xo‘jalik klasterining tarixi sanoat tanazzulga uchragan, malakali kadrlar tanqis, jonivorlar genetikasi yomon va zamonaviy vaksinalar bo‘lmagan sharoitida boshlandi.

Jizzax Organic
BUGUNGI KUNDA
CHORVA ZOTDORLIGINI OSHIRAMIZ

Bugungi kunda Jizzax Organic'ning naslchilik o‘zagi Yevropa, AQSH va Rossiyadan olib kelingan, mintaqaning mahalliy iqlim va epidemiologik sharoitlariga moslashtirib ulgurilgan 8000 dan ortiq birinchi toifadagi jonivorlardan iborat.

8000+
JONIVORLAR
QANDAY QILIB XAVFSIZ VA MAZALI
MAHSULOT YARATAMIZ
GO‘SHTNING BETAKROR TA'MLIGIGA ERISHAMIZ

Maqsadimiz — O‘zbekiston bozorini premium sifatli Made in Uzbekistan mol go‘shti bilan ta'minlash. Jizzax Organic jarayonlari jahon andozalari asosida barpo etilgan bo‘lib, mahsulotning tabiiy ta'mini saqlab qolishga qaratilgan.

Buning uchun eng yaxshi go‘sht beruvchi zotli (Aberdin-Angus va Gereford) YSHQ yetishtiramiz, shuningdek, O‘zbekiston tabiatining afzalliklaridan foydalanamiz.

Jazirama oftob, minerallarga boy artezian suvi va ekologik toza yem Jizzax Organic ishlab chiqargan go‘shtga dunyoning hech bir yerida uchramaydigan yong‘oq ta'mini bag‘ishlaydi.

TO‘LIQ ISHLAB CHIQARISH SIKLINI QURAMIZ

Mahsulotlarimiz xavfsizligi va sifatini kafolatlash uchun biz to‘liq ishlab chiqarish siklini yaratdik. Jizzax Organic infratuzilmasi ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun dalalar, chorva mollarini boqish uchun yaylovlar, sut-go‘sht fermasi, qishlik og‘ilxona, fidlot, sutni qayta ishlash zavodi, go‘sht kombinati, so‘yish sexi, qo‘yxona, seleksion-genetik markazni o‘z ichiga oladi.

Har bir bosqichni (yem ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotni sotishgacha) qat'iy nazorat qilish Jizzax Organic go‘sht va sutining oziq-ovqat, ekologik va gigiyenik xavfsizligiga to‘liq ishonch hissini tug‘diradi.

TO‘LIQ ISHLAB CHIQARISH SIKLINING AFZALLIKLARI

Iste'molchi narxlarning o‘zgarishidan himoyalangan, chunki mahsulot to‘liq bitta kompaniya tomonidan ishlab chiqariladi

Vositachi qo‘yadigan ustama narx yo‘q

Sifat nazorati ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi

QORAMOLLARNI STRESSIZ BOQISH KONSEPSIYASINI TANLADIK

Stress YSHQlarning salomatligi, uzoq umr ko‘rishi, mahsuldorligi va ta'm sifatiga salbiy ta'sir qiladi. Jonivor o‘zini qanchalik xotirjam va qulay his qilsa, xo‘jalik shunchalik sifatli mahsulotga ega bo‘ladi.

Biz podamizga ehtiyotkorona munosabatdamiz, xususan, parvarishning ilg‘or mamlakatlarda qabul qilingan insonparvar bog‘lovsiz boqish usulini joriy etdik.

Afzalliklari:

  • erkin harakatlanish jonivorlarning tuyoqlari, bo‘g‘imlari va oyoqlarini mustahkamlaydi, shuningdek, go‘sht va sut ta'mini yaxshilaydi;
  • yaylovda o‘tlatilagan YSHQ kuchli immunitetga ega bo‘ladi va kamroq kasallanadi;
  • inson bilan kontaktning deyarli umuman yo‘qligi stressni minimallashtiradi.
BIZ QORAMOLLARNI SOʻNGGI AVLOD PREPARATLARI BILAN EMLAYMIZ

«Jizzax Organic» milliy klasteri tashkil etilgan vaqtda O‘zbekistonda eng samarali vaksinalar ro‘yxatga olinmagan edi. Klasterimiz 40 dan ortiq yangi avlod preparatlarini olib kirdi va davlat organlarida sertifikatsiyadan o‘tkazdi.

Biz dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzamiz, dori vositalarini harorat rejimiga rioya qilgan holda tashiymiz, ixtisoslashtirilgan omborda saqlaymiz, O‘zbekistonning iqlimiy-epidemiologik sharoitlarini hisobga olgan holda emlash kartalarini ishlab chiqamiz.

Emlash va jonivorlar salomatligi haqidagi barcha ma'lumotlar innovatsion teri osti chiplarida qayd etiladi.

BIZ E'TIBORNI JONIVORLARNI DAVOLASHGA EMAS, BALKI KASALLIKLARNING OLDINI OLISH VA IMMUNITETNI MUSTAHKAMLASHGA QARATAMIZ
QAT'IY SANITARIYA VA KARANTIN NORMALARIGA RIOYA QILAMIZ

Jizzax Organic jarayonlari jonivorlar kasal yuqtirish ehtimolini minimallashtirishga moslab yaratilgan.

Buning uchun quyidagilar qo‘llaniladi:

  • tashqi kasallik qo‘zg‘atuvchilardan biohimoya;
  • yangi chorvani puxta diagnostikadan o‘tkazish;
  • klinik tekshiruvlar;
  • rejalashtirilgan epizootiyaga qarshi tadbirlar.
  • Biz qat'iy sanitariya va epidemiologiya qoidalariga rioya qilamiz. Klaster hududiga kiruvchi texnika va avtomobillar dezinfeksiya to‘siqlaridan o‘tadi. Mas'ul xodimlar jonivorlar bilan bevosita kontakt oldidan sanitariya nazorati punktidan o‘tishadi, u yerda dush qabul qilishadi va toza kombinezonlarni kiyib olishadi.

Jizzax Organic
QUVVATI
YAYLOVLAR
OZIQLANTIRISH XARAJATLARINI 70% KAMAYTIRAMIZ

Go‘sht beruvchi zotli YSHQlar yozda yaylovlarda erkin o‘tlaydi. Toza havoda jonivorlar yaxshiroq oziqlanadi, ko‘proq harakat qiladi va kamroq kasal bo‘ladi. Bu davrda yem-xashak xarajatlari 70 foizga kamayadi va bu mahsulot tannarxiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Qurgʻoqchil Jizzax zaminida yaylovlarni qanday yaratdik:

  • 1000 gektar maydonga Amerikaning Valley nomli so‘nggi avlod yomg‘ir qurilmalarini o‘rnatdik. Hozir yana 3000 gektar maydonga yomg‘ir mashinalari o‘rnatilmoqda;
  • suv bilan sug‘orish tizimini o‘rnatdik;
  • ultrabinafsha nurlaridan himoyaga ega ko‘chma quyoshdan saqlanuvchi soyabonlarni sotib oldik;
  • shamoldan himoya o‘rnatdik va daraxtzorlar yaratdik.
QISHLOV JOYLAR
PODANI CHINIQTIRIB, UNING IMMUNITETINI OSHIRAMIZ

Qishda biz O‘zbekiston uchun innovatsion bo‘lgan «sovuq usul»ni qo‘llaymiz – go‘sht beruvchi zot jonivorlar keng ochiq molxonalarda boqiladi. Bog‘lab qo‘yilmaganligi sababli chorva muntazam harakatda va D vitamini ishlab chiqarish uchun yetarli darajada quyosh nurlariga to‘yinadi.

Toza havo podani chiniqtiradi va shamollash xavfini kamaytiradi.

SIGIRXONALAR
SIGIRLARNI ISSIQLIK STRESSIDAN HIMOYA QILAMIZ

Ozuqani hazm qilish va sut sintezi jarayonida jonivordagi metabolik jarayonlar ayniqsa intensiv kechadi. Sigir juda ko‘p issiqlik ajratadi va issiqlik stressiga duchor bo‘lishi mumkin.

FIDLOT
GO‘SHTNING MARMARLIGINI SHAKLLANTIRAMIZ

Fidlot — marmar mol go‘shti olish uchun buqalarni intensiv boqish platformasi.

Kerakli premium marmarlik, kunlik vazn ortishi o‘rtacha 1-1,2 kilogrammni tashkil qilganda 16 oy ichida shakllanadi.

20000
BOSH MOL
UCHUN
FIDLOT
NASLCHILIK REPRODUKTORI
YUQORI ZOTLI QORAMOLLARNI MUSTAQIL RAVISHDA KO‘PAYTIRAMIZ

2019 yilda biz Yevropa, AQSH va Rossiyadan aberdin-anguslarning onalik podasini olib keldik, bugungi kunda esa zotdor chorvachilik uchun o‘zimizning yosh chorvadan foydalanyapmiz. O‘zbekistonda tug‘ilgan buzoqlar mintaqamizning iqlim, tabiiy va epidemiologik sharoitlariga moslashgan.

Naslchilik reproduktori Jizzax Organic'ga importga qaram bo‘lmaslik imkonini beradi. Klasterdagi YSHQ sonini ko‘paytirish, shuningdek, mahalliy genofondni yaxshilash maqsadida fermerlar va boshqa chorvachilik xo‘jaliklarining podalarini to‘ldirish maqsadida naslli qoramollarni ko‘paytiramiz.

GO‘SHTNI QAYTA ISHLOVCHI ZAVOD

Go‘shtni qayta ishlovchi zavodi to‘liq ishlab chiqarish siklining muhim tarkibiy qismiga aylanadi. Barcha jarayonlar «halol» standartlariga to‘liq muvofiq bo‘ladi, bu esa faqat sog‘lom jonivorlarni so‘yish va insoniy, og‘riqsiz yo‘l bilan jonini olishni kafolatlaydi.

Ayni paytda biz so‘yish, qayta ishlash va qadoqlash sexlarini quryapmiz.

BIZNING HAMKORIMIZ
BO‘LING
Biz chorvani ko‘paytirish va go‘sht sotish sohasida shaffof shakldagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni taklif etamiz.
BATAFSIL
BIZ BILAN BOG‘LANISH

Jizzax Organic yoki mahsulotlarimiz haqida savollaringiz qoldimi?

Milliy klaster hamkori bo‘lishni xohlaysizmi?

Telefon raqamingizni qoldiring va menejerlarimiz siz bilan bog‘lanishadi!

Tugmani bosish orqali men shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlashga va saytdan foydalanish shartlariga rozilik bildiraman